SPONTAN VA TIBBIY ABORT O‘TKAZGAN AYOLLARDA TUG‘RUQ JARAYONIDA UCHRASHI MUMKIN BO‘LGAN ASORATLAR
Keywords:
spontan abort, tibbiy abort, tug‘ruq asoratlari, bachadon bo‘yni yetishmovchiligi, platsenta yopishib qolishi, reproduktiv salomatlik.Abstract
Ushbu tadqiqotning maqsadi — ilgari spontan yoki tibbiy abort o‘tkazgan o‘rganishdir. Tadqiqot 2024-yilda RIO va BSIATM Farg‘ona Viloyat Filiali tug‘ruq bo‘limida o‘tkazilgan bo‘lib, jami 40 nafar ayol ishtirok etdi. Ulardan 20 nafari spontan abort, 20 nafari esa tibbiy abort o‘tkazgan ayollar guruhiga kiritildi. Barcha ishtirokchilar 37–41 haftalik gestatsion muddatda tabiiy tug‘ruq qilgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, spontan abort o‘tkazgan ayollarda bachadon qisqarishining sustligi (25%) va tug‘ruqdan keyingi qon ketish (15%) ko‘proq uchragan bo‘lsa, tibbiy abort o‘tkazgan ayollarda bachadon bo‘yni yetishmovchiligi (30%) va platsenta yopishib qolishi (15%) holatlari ustunlik qildi. Statistik tahlil natijalari (p<0,05) bu farqlar ishonchli ekanligini ko‘rsatdi. Xulosa qilib aytganda, abort turi keyingi tug‘ruqdagi asoratlar xususiyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Spontan abortdan so‘ng funksional buzilishlar (miometriy faoliyati, gormonal nomutanosiblik), tibbiy abortdan so‘ng esa anatomik o‘zgarishlar (servikal travma, endometriy shikastlanishi) ustunlik qiladi. Shuning uchun abortdan keyin ayollarda reabilitatsiya, gormonal nazorat va servikal monitoringni o‘z ichiga olgan kompleks kuzatuv muhim ahamiyat kasb etadi.
Downloads
References
World Health Organization. Clinical practice handbook for safe abortion. Geneva: WHO Press; 2014.
Sedgh G, Bearak J, Singh S et al. Abortion incidence between 1990 and 2019: global, regional, and subregional levels and trends. The Lancet Global Health. 2020;8(3):e333–e343.
Cunningham FG et al. Williams Obstetrics, 27th ed. McGraw-Hill Education; 2022.
Okonofua F. Abortion and maternal mortality in developing countries. J Obstet Gynaecol Can. 2017;39(8):632–640.
Speroff L, Fritz MA. Clinical Gynecologic Endocrinology and Infertility. 9th ed. Lippincott Williams & Wilkins; 2019.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha milliy hisobot. Toshkent, 2023.
Downloads
Published
How to Cite
Issue
Section
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
All content published in the Journal of Applied Science and Social Science (JASSS) is protected by copyright. Authors retain the copyright to their work, and grant JASSS the right to publish the work under a Creative Commons Attribution License (CC BY). This license allows others to distribute, remix, adapt, and build upon the work, even commercially, as long as they credit the author(s) for the original creation.