ISAJON SULTON ROMANLARIDA TARIXIYLIK KONSEPSIYASI

Authors

  • Ibragimova Dildora Inomjonovna Alfraganus universiteti, Sharq filologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi

Abstract

Tarixiylik ilmi badiyaning muhim muammolaridan biri sifatida milliy adabiyotdagi janrlar taraqqiyoti, yangi obazlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, alohida ijodkorlarning ijodiy shakllanishi, adabiyotda “inson va tarix” tushunchasining ahamiyatini ochib berishga xizmat qiladi. Insondagi tabiiy ehtiyoj bo‘lmish o‘z o‘tmishini bilishga intilish tarixiy mavzudagi asarlarning paydo bo‘lishiga turtki bo‘lgan bo‘lsa, tarixiy nasrning janr darajasida ommalashishi tarixiylikning shakllanishiga sabab bo‘ldi. Badiiy adabiyotda tarixiylik konsepsiyasi dolzarb ilmiy va badiiy hodisa bo‘lib, u tarix va adabiyotning o‘zaro aloqadorlikda rivojlanishiga imkon beradi. XXI asr o‘zbek adabiyotida tarixiy konsepsiya tarixshunoslik bilan bir o‘zanda rivojlandi. Xalq tarixiga oid yangi topilmalar, talqinlar va nazariyalar badiiy adabiyotda ham o‘z aksini topa boshladi. O‘zbek millati tarixini turkiy xalqlar va ularning ajdodi sifatida Xun imperiyasi bilan bog‘lab o‘rganish natijasida olingan xulosalar zamonaviy adabiyotda ham bo‘y ko‘rsatmoqda. Isajon Sultonning “Bilga xoqon” romani ana shunday tarixchilik yutuqlari zamirida yuzaga kelgan badiiy asar hisoblanadi.

Downloads

Download data is not yet available.

References

Султон И. Билга хоқон: роман, қисса ва ҳикоялар / Т.: Factor Books, 2022. - Б. 1.

Ўзбек мумтоз адабиёти намуналари. 1-жилд (Энг қадимги даврдан XIV асргача). ЎзРФА Фан - 2003. - Б. 57.

Amir Temur tarixi (1-, 2-kitoblar; soʻz boshi, arab tilidan tarjima va izohlar muallifi U. Uvatov), T.: 1992. manba: https://www.xabar.uz/uz/madaniyat/amir-temur-lashkarlari-orasida-ayollar (Ko‘rilgan sana: 10.03.2024).

Downloads

Published

2026-04-21

How to Cite

Ibragimova Dildora Inomjonovna. (2026). ISAJON SULTON ROMANLARIDA TARIXIYLIK KONSEPSIYASI. Journal of Applied Science and Social Science, 16(4), 915–918. Retrieved from https://www.internationaljournal.co.in/index.php/jasass/article/view/4127